35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

FUQAROLAR BILAN SUHBAT O‘TKAZILDI

Hurmatli Prezidentimizning kecha bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida bergan topshiriqlaridan kelib chiqib, Andijon shahridagi Barkamol MFYda kambag‘al oilalar reyestrida turgan hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolar bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat Andijon shahar hokimi o‘rinbosari N. Israilova hamda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Tabassumxon Isroilova ishtirokida tashkil etildi.

Suhbat davomida fuqarolarning taklif va istaklari tinglanib, ularni tadbirkorlikka jalb etish, bandligini ta’minlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2