35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Aholiga noqulaylik tug‘dirayotgan holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi bosh mutaxassislari hamda Andijon shahar hokimligi mas’ullari tomonidan aholi va piyodalar uchun noqulaylik tug‘dirayotgan holatlar yuzasidan hududda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida umumiy ovqatlanish shoxobchasi atrofida piyodalar harakatiga xalaqit berayotgan, shuningdek, sanitariya va obodonlashtirish talablariga zid bo‘lgan holatlar aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududni tartibga keltirish hamda amaldagi qonunchilik va obodonlashtirish talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi nazoratga olindi.

Fuqarolar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, shahar hududida obodonlashtirish hamda qonuniylik talablariga rioya etilishini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3