35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”

2-sentabr — Bilimlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston XDP Andijon shahar Kengashi raisi, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov Andijon shahar 2-son texnikumida axborot texnologiyalari yo‘nalishining II bosqich o‘quvchilari uchun “Mustaqillik — buyuk tariximiz, bugungi g‘ururimiz va ertangi bunyodkorligimiz tayanchidir!” mavzusida “Mustaqillik darsi”ni o‘tdi.

Dars davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ularning Vatan kelajagidagi o‘rni haqida fikr almashildi.

Yoshlar bilim olish, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish va kelajak uchun mas’uliyatli bo‘lishga chorlandi.

Slide 1 of 3