35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

📌 Muzbuloq mahallasida ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari olib borilmoqda

📌 Muzbuloq mahallasida ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari olib borilmoqda
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati Sh. Sodiqov o‘zi saylangan hudud — “Muzbuloq” MFYda aholi uchun munosib infratuzilma yaratish va qishki mavsumda harakatlanish qulayligini ta’minlash maqsadida ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlarini tashkil etdi.
Aholining haqli e’tirozlari va murojaatlari asosida boshlangan mazkur amaliy jarayonda deputat yo‘llarning holati, shag‘al yotqizish sifati va maxsus texnikalarning jalb etilish darajasini shaxsan ko‘zdan kechirib, ishlarni qat’iy nazoratga oldi.
Bu kabi amaliy chora-tadbirlar qishloq infratuzilmasini yaxshilash, yog‘ingarchilik kunlarida aholi va transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4