35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Kuz-Qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Kuz-Qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
Qutlugʻobod MFY hududida aholini kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bilan barqaror va uzluksiz ta’minlash maqsadida mavjud D-100 mm gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda. Mazkur amaliy ishlarning borishi bilan tuman Kengashi deputati S. Mustafaqulova tomonidan joyiga chiqqan holda tanishilib, amalga oshirilayotgan ishlarning holati, sifati va belgilangan talablar asosida olib borilishi yuzasidan nazorat-tahlil ishlari amalga oshirildi.
Jarayon davomida gaz tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda kuz-qish mavsumida aholiga tabiiy gaz yetkazib berishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Nazorat va xalq bilan bevosita muloqot — muammolarni joyida aniqlash va ularni o‘z vaqtida bartaraf etishning muhim omilidir.

Slide 1 of 4