35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Aholi manfaatlari — doimiy e’tiborda!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Tashmatov Taqachi mahallasidagi savdo do‘konlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mahsulotlarining narx-navosi, mavjudligi hamda yetarliligi ko‘zdan kechirildi.

🎯 Mazkur o‘rganishdan asosiy maqsad — aholini zarur mahsulotlar bilan ta’minlash holatini tahlil qilish, narxlar barqarorligini kuzatish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Xalq bilan muloqot, aholi manfaatlari va amaliy natija — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishidir!

Slide 1 of 3