#24_TAVSIYA_IJROSI
🇺🇿 Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi deputatining navbatdagi oʻrganish tadbiri oʻtkazildi
📍 Fargʻona shahar Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi O.Mirzakirmov tomonidan "Mustaqillik" mahalla fuqarolar yigʻinida hokim yordamchisi amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambagʻallikda chiqarish va daromadlarini oshirish borasidagi faoliyat oʻrganildi.
➡️ Oʻrganish jarayonida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi O.Mirzakirmov hamda mahalla hokim yordamchisi A.Solihonov ishtirok etdi. Muloqot davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, davlatimiz rahbari raisligida kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosiga alohida eʼtibor qaratildi.
🔹 Xususan, mahallada istiqomat qiluvchi ishsiz fuqarolarni doimiy ishga joylashtirish, ularning oilaviy tadbirkorligini rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar olishida koʻmaklashish, shuningdek, tomorqadan samarali foydalanish hamda kasanachilik va hunarmandchilikni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
📌 Shuningdek, mahalladagi ish bilan band boʻlmagan aholining tadbirkorlik va doimiy daromad keltiruvchi faoliyat bilan shugʻullanishini yoʻlga qoʻyish hamda kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqishi uchun subsidiyalar olishda koʻmaklashish boʻyicha zarur koʻrsatmalar berildi.