35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATILISHI O‘RGANILDI

🤝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Dosova Gulxumar Kuranbayevna hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich tomonidan Asavey mahallasida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro R.B.ning xonadoni o‘rganildi.
🩺 O‘rganish davomida fuqaro R.B ga Shovot tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar va amaliy yordam holati bilan tanishildi.
🏠 Tashrif davomida fuqaroning yashash sharoiti, sog‘lig‘i bilan bog‘liq ehtiyojlari hamda tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
📌 Shuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarga tibbiy xizmatlarni o‘z vaqtida va manzilli ko‘rsatish, ularning murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤲 Inson salomatligi va manfaatlari — doimo e’tiborda!