35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

⚖️ O‘RQ-415-SON QONUN IJROSI: IJTIMOIY XIZMATLAR O‘RGANILDI

🤝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Dosova Gulxumar Kuranbayevna hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich tomonidan Asavey mahallasida nogironligi bo‘lgan fuqarolarga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi.
🏘 O‘rganish davomida mahalladagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ijtimoiy xodimi tomonidan nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ularning ehtiyojlarini aniqlash hamda amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar bilan tanishildi.
💬 Fuqarolar bilan muloqot davomida ularning murojaatlari, mavjud muammolari va ehtiyojlari o‘rganilib, tegishli ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
📌 Shuningdek, “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-415-son talablarining ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yanada yaxshilash yuzasidan zarur choralar belgilandi.
🌿 Inson qadri — e’tibor va g‘amxo‘rlikda!