35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DЕPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalardan biri — ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatidir.
📍 Shu munosabat bilan Qorag‘uppa mahallasida joylashgan 44-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida maktabning isitish tizimi va mavsumni barqaror o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Maktabda ko‘mir zaxirasi yaratilgani aniqlandi.
✅ Bu kabi o‘rganishlardan asosiy maqsad — ta’lim muassasalarida qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish, eng muhimi, o‘quvchilar uchun iliq va qulay ta’lim muhitini ta’minlashdir.
📌 Aniqlangan masalalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berilib, ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1