35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: 22-SONLI DMTT HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan o‘rganishlar davom etmoqda.
📍 Shu doirada xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati S.Nurmamatova tomonidan Qozoq Nayman mahallasida joylashgan 22-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqib o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida tashkilotning isitish tizimi, mavjud issiqlik qurilmalari, bino va xonalarning mavsumga tayyorgarligi, shuningdek, bolalar uchun qish mavsumida zarur shart-sharoitlarni ta’minlash borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 2