35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi

#deputat_soʻrovi_javobi #Deputatlik_nazorati

Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi

📝 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Karimov Jamshid Fatxullayevich tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📊 Deputatlik so'rovida ko'rsatilgan Yu.Sakkokiy mahallasi hududidagi 3-tor Yu.Sakkokiy ko‘chasi, 14-maktab oldida beton va asfalt chiqindilari to‘planib qolganligi hamda mazkur ko‘chada kanalizatsiya nasosi o‘tkazuvchi quduqlar cho‘kib, yo‘lning ta’mirtalab holatga kelganligi masalasi mas'ullar ishtirokida joyiga chiqib o'rganilganligi qayd etilgan.

📁 O‘rganish natijasida mazkur hududda PQ-404-son qaror ijrosini taʼminlash doirasida pudratchi “Farg‘ona Kristal” MCHJ tomonidan yangi oqova suv tarmoqlarini qurish va yotqizish ishlari amalga oshirilganligi, qurilish jarayonida olib borilgan yer qazish ishlari natijasida hududda asfalt va beton qoplamalari qoldiqlari to‘planib qolganligi hamda so‘rovda ko‘tarilgan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilib, hozirgi kunda mazkur asfalt va beton qoldiqlari tuman oqova suv tarmoqlari bo‘limi tomonidan hududdan to‘liq olib chiqilganligi asosli fotosuratlar orqali ham tushuntirilgan.

🕯 Shuningdek, hududda mavjud kanalizatsiya tarmoqlarining ko‘rik quduqlari aholi, xususan, maktab o‘quvchilari xavfsizligini taʼminlash maqsadida yopilib, amalga oshirilgan ishlar natijasida 14-sonli umumtaʼlim maktabi darvozasi oldi hamda unga tutash hudud to‘liq tozalanib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilganligi ma'lum qilindi.

Slide 1 of 7