35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#24_masala
Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi 20-Galabotir saylov okrugi deputati A. Nishonov hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimi Sh. G‘afforov ishtirokida Galabotir mahallasida ijtimoiy xodimning faoliyati va ish samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash, xorijga mehnat qilish uchun ketgan oilalarning farzandlari, yolg‘iz onalar hamda bolalar nafaqasi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Slide 1 of 2