35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#Biriktirilgan_tashkilot
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: DXM va FHDYO faoliyati hamda uy-joy huquqlarini e’tirof etish masalalari o‘rganildi

Bandixon tumanida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish, fuqarolarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan qonuniy huquqlarini ta’minlash hamda ijro intizomini monitoring qilish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari, Kotibiyat mudiri A.A.Pardayev hamda deputat I.A.Xalmatov tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulovlar tumandagi Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYO bo‘limlarida bo‘ldilar.

O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining shaffofligi va tezkorligi, murojaatlar bilan ishlash tartibi hamda muassasalarda yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Muloqotlar jarayonida fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan huquqlarini qonuniy tartibda rasmiylashtirish hamda egalik huquqini e’tirof etuvchi hujjatlarni olish bo‘yicha murojaatlari tinglanib, ularga amaliy va huquqiy yordamlar ko‘rsatildi.

Slide 1 of 6