35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Sessiya kun tartibidagi masala o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va qtisodiy islohotlari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari va O‘zXDP shahar kengashi raisi J.Artiqbayev bilan hamkorlikda Bekobod shahrida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”da 2026-yil 2-mavsum g‘olib loyihalari o‘rganildi. Shulardan biri Qosim ota Farmonov mahallasiga kirish qismidagi arkani zamonaviy ko'rinishda ta'mirlash. Doimiy komissiya a’zolari tomonidan ushbu loyiha joyiga chiqib o‘rganilganda, loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash jarayonida milliy qadriyatlar va urf-odatlarimizga e’tibor qaratish, mablag‘lardan samarali va tajamkor ravishda foydalanish yuzasidan takliflarni berdilar. Shuningdek, loyihani belgilangan muddatlarda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan deputatlik va jamoatchilik nazoatini o‘rnatish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdilar. 

Slide 1 of 3