35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

YUNUSOBOD TUMANIDA “IXLOS SCHOOL” MAKTABINING OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI.

Yunusobod tumanida zamonaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan muhim loyihalardan biri — “Ixlos School” maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirda Yunusobod tumani Kengashi deputati
A. Saidaliyev ishtirok etib, yangi ta’lim maskani jamoasi, o‘quvchilar va ota-onalarni ushbu qutlug‘ voqea bilan samimiy tabrikladi.
Hokim o‘z tabrigida maktabning ochilishi tumanda ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratishda muhim qadam ekanini ta’kidlab, maktab jamoasiga kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
📚Yangi ta’lim maskani o‘quvchilarning bilim olishi, iste’dod va qobiliyatlarini rivojlantirishi hamda kelajakda munosib avlod bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qilsin!

🎉“Ixlos School” jamoasini yangi maktabning ochilishi bilan muborakbod etamiz!

Slide 1 of 6