35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

O‘zbekiston Respublikasining "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi Qonuni

Mazkur Qonun (O‘RQ–641, 2020-yil 15-oktabr) nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyat hayotida teng ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
📌Qonunning asosiy maqsadi
Qonun nogironligi bo‘lgan shaxslarning:
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
ta'lim olish, mehnat qilish, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlardan teng foydalanishini ta'minlash;
davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun teng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
✔️Nogironligi bo‘lgan shaxslar qanday huquqlarga ega?
Qonunga muvofiq ular:
🔺kamsitilishdan himoyalanish;
🔺ta'limning barcha bosqichlarida bilim olish;
🔺malakali tibbiy xizmat va reabilitatsiya vositalaridan foydalanish;
🔺mehnat qilish va kasb-hunar egallash;
🔺ijtimoiy himoya va davlat tomonidan belgilangan yordamlarni olish;
🔺davlat organlari, tashkilotlar, transport, bino va inshootlardan to‘siqsiz foydalanish;
🔺madaniy, sport va jamoat hayotida faol ishtirok etish huquqiga ega.
🏛Davlatning majburiyatlari
Qonunga asosan davlat organlari va tashkilotlari:
✔️nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay muhit yaratishi;
✔️infratuzilma obyektlarini moslashtirishi;
✔️bandlikni ta'minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashi;
✔️reabilitatsiya va ijtimoiy moslashuv xizmatlarini rivojlantirishi;
✔️ularning huquqlarini himoya qilishi shart.


📌Unutmang! Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlash nafaqat davlat organlarining, balki jamiyatning ham muhim vazifalaridan biridir. Inson qadrini ulug‘lash va hech kimni e'tibordan chetda qoldirmaslik – Yangi O‘zbekistonning ustuvor tamoyillaridan biridir.