35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Bekobod tumanida madaniyat markazi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Djabborov hamda Kengash kotibiyati mudiri Q.Bobojonov tuman Madaniyat markazida bo`ldilar.

O`rganish davomida markazning bugungi faoliyati, moddiy-texnik bazasi va mavjud imkoniyatlari atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, markazdagi qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, ularni yakunlash hamda muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari tahlil qilindi.

🎭 Madaniyat — millat ma’naviyatining ko‘zgusi!
Yurtimizda madaniyat va san’at maskanlarini rivojlantirish, ular uchun munosib sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 5