Bekobod tumanidagi Istiqlol MFY binosida ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va mustaqil daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish maqsadida muhim tadbir o‘tkazildi.
🛠 Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan ishsiz yoshlarga o‘z faoliyatini boshlashi va rivojlantirishi uchun zarur asbob-uskunalar topshirildi.
🤝 Tadbirda Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari M.Yo‘ldoshev va T.Sultonov ham ishtirok etib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladilar.
🌱 Har bir yoshga imkoniyat — kelajak uchun mustahkam poydevor!