Oqoltin tumanida fuqarolar murojaatlarini tinglash, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va amaliy yechim topish borasidagi ishlar davom etmoqda.
Navbatdagi fuqarolar qabuli Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati – Oqoltin tuman hokimi X.Suvonov tomonidan o‘tkazilib, unda 18 nafar fuqaroning murojaati tinglandi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, bandlik, moddiy yordam, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda kommunal masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Murojaatlarning ayrimlari joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.