Nurafshon MFYda fuqarolar muammolari o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva tomonidan o‘zi saylangan Nurafshon MFY hududida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida deputat mahalla ko‘chalarida yurib, aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammo va kamchiliklar, shuningdek, fuqarolarning taklif va istaklarini bevosita o‘rgandi.
Shuningdek, hududda olib borilayotgan infratuzilmani rivojlantirish, obodonlashtirish va ko‘chalarni tartibga keltirish ishlari bilan tanishilib, ularning borishi yuzasidan mahalla aholisi bilan fikr almashildi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, mavjud masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ularning ijrosini nazoratga olish yuzasidan zarur choralar belgilandi.
Bunday sayyor o‘rganishlar aholining muammolarini joyiga chiqqan holda aniqlash va ularni amaliy hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.