35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Aholi uchun zarur mahsulotlar narxi va mavjudligi o‘rganildi

Aholi uchun zarur mahsulotlar narxi va mavjudligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar asosida aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi hamda bozordagi yetarliligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida savdo shoxobchalarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi, narxlarning barqarorligi va aholining kundalik ehtiyojlarini ta’minlash holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahsulotlar narxining asossiz oshib ketishining oldini olish, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish hamda bozorda zarur mahsulotlarning uzluksiz mavjudligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar aholi farovonligini ta’minlash, iste’mol bozorida narxlar barqarorligini saqlash va fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni joyida o‘rganishga qaratilgan deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2