Kotibiyat faoliyati va deputatlik nazorati samaradorligi muhokama qilindi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov boshchiligida kotibiyat xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda tuman Kengashi deputatlari faoliyatini yanada jadallashtirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda kotibiyat faoliyatini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, deputatlar va kotibiyat faoliyatida erishilgan yutuqlar, mavjud kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish davomida deputatlarning saylovchilar bilan ishlashini yanada kuchaytirish, hududlarda muammolarni o‘rganish, deputatlik so‘rovlari va nazorat tadbirlarining samaradorligini oshirish, shuningdek, amalga oshirilgan ishlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.
Yakunda kotibiyat xodimlariga o‘z faoliyatiga mas’uliyat bilan yondashish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish hamda Kengash faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.