35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Fuqarolar muammolari uyma-uy yurib o‘rganildi

Fuqarolar muammolari uyma-uy yurib o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 14-Surxon saylov okrugi deputati J. Taxchiyeva tomonidan saylangan Termiz MFY hududida uyma-uy yurib, fuqarolarning murojaatlari va muammolari o‘rganildi.

O‘rganish davomida xonadonlarda yashovchi fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning ijtimoiy, kommunal, obodonlashtirish, bandlik va boshqa masalalarga oid muammo va takliflari tinglandi.

Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Shuningdek, murojaatlarning ijrosi deputatlik nazoratiga olinib, aholi bilan ochiq va doimiy muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.