🏫 Maktabgacha ta’lim muassasasidagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
🏫 Maktabgacha ta’lim muassasasidagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, 15-“Humo” saylov okrugi deputati Qurbonov Farhod Absalomovich hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi bosh mutaxassisi Muborak Astanova Navoiy shahridagi 33-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lib, muassasadagi mavjud sharoit va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdilar.
📌 O‘rganish davomida hududning tozaligi, ichki va tashqi qismdagi obodonlashtirish holati, sanitariya talablariga rioya etilishi hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.
🌿 Muassasa hududini ozoda va ko‘rkam saqlash, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda bolalar uchun qulay muhitni ta’minlash masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
🤝 Tashrif yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish va obodonlashtirish ishlarini yanada yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
🏛 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati