Deputat tomonidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati o‘rganildi
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔷O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, budjet daromadlari va xarajatlari ijrosi, investitsiya dasturlarining amalga oshirilishi hamda davlat dasturlari ijrosi holati tahlil qilindi.
🔷Aholi farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalar, budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va mavjud muammolar yuzasidan mas'ul xodimlarning axboroti tinglandi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!