35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

KOGON SHAHRIDA “TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHALARINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZILDI
#doimiy_komissiya
#19_1_modda

KOGON SHAHRIDA “TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHALARINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZILDI

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan 2026-yilning 2-mavsumi doirasida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan “Tashabbusli budjet” loyihalarini o‘rganish maqsadida ishchi guruh tuzildi.

Ishchi guruh tomonidan shaharda amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi, bajarilgan ishlarning holati, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi hamda loyihalarning belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganiladi.

Mazkur o‘rganishlar deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilib, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosalar va takliflar ishlab chiqiladi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash