35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#yoshlar_maslahat_guruhi

​🤩O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-141-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda Islom taraqqiyoti banki mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar holatini o‘rganish maqsadida hududda deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

​🤩Jarayonda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Z.Jabborova, tuman Kengashi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi M.Yusupovalar 2-Qo‘rg‘oncha saylov okrugidagi 14-sonli umumta’lim maktabida bo‘lishdi.
​ Maktabda barpo etilayotgan yengil konstruksiyali zamonaviy sport zali va oshxona qurilishi jarayonlari, ish sifat va hajmi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi holati atroflicha o‘rganildi.

​🤩Deputat nazorati davomida mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, o‘quvchilar uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4