35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

AHOLI BILAN SAMIMIY MULOQOT — MUAMMOLARGA AMALIY YECHIM

📍 2-Katta Chilonzor mahallasida aholi bilan uchrashuv tashkil etildi.
🤝 Uchrashuvda xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Sultonov Bahodir Turg‘unovich mahalla aholisi bilan ochiq va samimiy muloqot qildi.
💬 Suhbat davomida fuqarolarni qiynayotgan masalalar, mahalladagi mavjud muammolar hamda hududni yanada obod va farovon qilish bilan bog‘liq takliflar tinglandi.
📝 Bildirilgan murojaat va takliflar deputat daftariga qayd etilib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va amaliy yechim topish yuzasidan zarur choralar belgilandi.
🏘 Aholi bilan bunday uchrashuvlarning muntazam o‘tkazilishi fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni tezkor aniqlash va ularning yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3