Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida eng faol kitobxon yoshlar ishtirokida “Yoshlar tadbirkorligi — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim omili” mavzusida suhbat tashkil etildi.
Suhbat davomida yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning innovatsion g‘oyalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Gulnoraxon Ismoilova ishtirok etib, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.