Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Shohabbos Yusupov deputat so‘rovlari va Kengash hujjatlari bilan ishlash yo‘nalishida amaliy ishlarni olib bormoqda.
Xususan, Yoshlar ishlari agentligi Andijon shahar bo‘limi boshlig‘i M. Azimov bilan deputat so‘rovlarini ko‘rib chiqish, Kengash hujjatlari bilan ishlash hamda ularning ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash masalalari yuzasidan amaliy muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida deputat so‘rovlarining ijrosini nazorat qilish, hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.
Mazkur yo‘nalishdagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.