35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

BILIMLAR KUNI — YANGI O‘QUV YILI MUBORAK!
MUNOSABAT

📚 BILIMLAR KUNI — YANGI O‘QUV YILI MUBORAK!

🇺🇿 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi — Bilimlar kuni munosabati bilan barcha ustoz va murabbiylar, o‘quvchi-yoshlar hamda ota-onalarni samimiy muborakbod etadi.

✨Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayramiga uyg‘un va hamohang tarzda o‘tayotgan Bilimlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

🎓 Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta’lim va tarbiya masalasiga doimo alohida e’tibor qaratilib, yosh avlodga sifatli ta’lim berish, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanmoqda.

⚡️Prezidentimiz ilgari surayotgan Uchinchi Renessansni barpo etish g‘oyasi ham, avvalo, bilimli, ma’rifatli, zamonaviy tafakkurga ega va Vatanga sadoqatli yosh avlodni tarbiyalash bilan chambarchas bog‘liq.

🌱 Bugun maktab ostonasidan katta hayotga qadam qo‘yayotgan har bir o‘g‘il-qiz — yurtimizning ertangi kuni, xalqimizning umidi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining munosib davomchisidir.

💡 O‘qish, ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar, IT, ijod, sport va kasb-hunar yo‘nalishlarida o‘z iqtidorini namoyon etayotgan yoshlarimiz safining kengayib borayotgani barchamizni quvontiradi.

👩‍🏫 Aziz ustoz va murabbiylar!

Sizlarning fidokorona mehnatingiz, bilim va tajribangiz, mehr va e’tiboringiz tufayli yosh avlod qalbida ilmga muhabbat, Vatanga sadoqat va kelajakka ishonch tuyg‘ulari shakllanmoqda.

Shu bois, ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirish, pedagoglarning mehnatini munosib qadrlash, o‘quvchi-yoshlar uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratish yo‘lidagi ishlarni izchil davom ettirish barchamizning muhim vazifamizdir.

🌟 Yangi o‘quv yili maktab, litsey, texnikum va oliy ta’lim muassasalarida yangi marralar, katta yutuqlar va unutilmas muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!

📖 Barcha o‘quvchi-yoshlarga — a’lo baholar va ulkan zafarlar, ustoz va murabbiylarga — kuch-g‘ayrat, ijodiy muvaffaqiyatlar, ota-onalarga esa farzandlarining kamolini ko‘rib yurish baxtini tilayman.

🇺🇿 Bilimga intilgan yoshlar — Yangi O‘zbekistonning mustahkam tayanchi va Uchinchi Renessansning bunyodkorlaridir!

✨ Bilimlar kuni va yangi 2026–2027-o‘quv yili muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Shaxnoza Umarxodjayeva
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi
Slide 1 of 1