#bilimlar_kuni #Uchtepa_deputatlari #tabrik #Birinchi_qongiroq #yangi_oquv_yili #Talim #238_maktab
BIRINCHI QO‘NG‘IROQ — EZGU NIYATLAR VA YANGI MARRALAR BOSHLANISHI!
📚 238-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Ushbu tantanali tadbirda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "20-Xirmontepa" okrugi deputati Malikova Saodat Tolipovna hamda mahalla faollari ishtirok etib, o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etdilar.
🎙 Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh avlod uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, ularning bilim va iste’dodini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor haqida alohida ta’kidladilar.
📈 Shuningdek, yoshlarning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy bilim va kasblarni egallashi, Vatanga sadoqatli va faol fuqarolar bo‘lib voyaga yetishi bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri ekani qayd etildi.
🌟 Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan jajji 1-sinf o‘quvchilari uchun “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Ularning beg‘ubor quvonchi va hayajoni bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
🎶 Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiq, she’r va badiiy chiqishlar namoyish etilib, bayramona muhit yanada ko‘tarildi.
📖 Har bir yangi o‘quv yili — yangi bilimlar, yangi orzular va yangi imkoniyatlar demakdir. Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchilarimizga ulkan zafarlar, ustozlarimizga kuch-g‘ayrat va sharafli mehnatlarida muvaffaqiyat, ota-onalarga esa farzandlarining yutuqlaridan faxrlanish baxtini olib kelsin!
🔔 Birinchi qo‘ng‘iroq sadosi ezgu maqsadlar sari dadil qadamlarning boshlanishi bo‘lsin!