35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

2-sentabr - “Bilimlar kuni” munosabati bilan Marg‘ilon shahridagi 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashiga deputati R.Alijonova ishtirok etdi.
Tadbir davomida deputat yosh avlodga sifatli ta’lim-tarbiya berish, ularning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishining muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, deputat Prezidentimizning 2-sentabr — “Bilimlar kuni” munosabati bilan o‘quvchi-yoshlar, ustozlar va ota-onalarga yo‘llagan tabrigini yig‘ilganlarga o‘qib eshittirdi.
Tadbirda maktab jamoasi, ustoz va murabbiylar, o‘quvchilar hamda ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etib, o‘quvchilarga puxta bilim olish, izlanish va yangi marralarni zabt etishda muvaffaqiyat, ustozlarga esa sharafli faoliyatlarida kuch-g‘ayrat va ulkan zafarlar tiladi.

Slide 1 of 5