35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

🔰FUQAROLAR MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI

🔘Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Sh.Azimov hamda Kengash kotibiyati xodimi A.Yakubov “A. Navoiy” MFY “yettiligi” va tegishli mas’ul idora vakillari bilan birgalikda fuqaro X.Axmedovning murojaatini joyiga chiqib o‘rgandilar.
🔸“Archazor” ko‘chasida yashovchi fuqaroning hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, shuningdek, mavjud daraxtlarni sug‘orish uchun zarur sharoit yaratish masalasidagi murojaati atroflicha ko‘rib chiqildi.
🔸O‘rganish davomida hududdagi daraxtlar va yashil maydonlarning holati ko‘zdan kechirilib, ularni muntazam sug‘orish, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Fuqaroning taklif va mulohazalari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 5