Mahalladagi amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U. Bobojonov O‘rtaqo‘rg‘on mahallasida bo‘lib, hududda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari hamda mahalladagi mavjud holat bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahalla ahli bilan suhbatlashilib, ularni qiynayotgan muammolar va takliflar tinglandi. Mavjud masalalarni belgilangan tartibda hal etish, hududdagi ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.