BOBORAHIM MASHRAB KO‘CHASIDAGI ELEKTR SIMYOG‘OCHLARINI BETON USTUNLARGA ALMASHTIRISH BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalari hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 14-“Bog‘zor” saylov okrugida o‘tkazilgan nazorat-tahlil tadbiri davomida aholi murojaatlari o‘rganildi.
“Bog‘zor” mahallasi Boborahim Mashrab ko‘chasida joylashgan elektr simyog‘ochlari o‘z xizmat muddatini to‘liq o‘tab bo‘lgan. Ushbu eskirgan simyog‘ochlar elektr ta’minotida tez-tez uzilishlarni keltirib chiqarib, fuqarolar va ularning mol-mulki xavfsizligiga xavf tug‘dirmoqda.
Aholi murojaati va mavjud xavfni inobatga olgan holda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 14-"Bog‘zor" saylov okrugi deputati O.Sharofutdinova tomonidan Termiz shahar Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Sh.Achilovga deputatlik so‘rovi yuborildi.