35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONI O‘RGANILMOQDA

Umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari mahalliy Kengash deputatlari tomonidan o‘rganilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov o‘z tashabbusi bilan 51-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, ta’lim jarayoni uchun yaratilayotgan sharoitlar, bino va xonalarni ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktab mas’ullari bilan suhbatlashilib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish va yangi o‘quv yilini munosib boshlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2