35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

📌 Kambag‘allikni qisqartirish — amaliy harakat va natija bilan!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat X.Jumaboyev Qo‘shtamg‘ali mahallasida bo‘lib, Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bilan yaqindan tanishdi.

🤝 O‘rganish davomida, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasidagi ishlar e’tibor markazida bo‘ldi.
📈 Asosiy maqsad — fuqarolarga tayyor yordam emas, barqaror daromad topish imkoniyatini yaratish.

Mahalladagi har bir ijobiy natija — oilalar farovonligi, yangi imkoniyatlar va inson qadrini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamdir.

Slide 1 of 3