Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati N. Fatullayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov tomonidan “Zarafshon” mahallasida investitsiya loyihalari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
♻️Tashrif davomida mahalla hududida barpo etilayotgan “Yoshlar o‘quv markazi”da olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari bilan yaqindan tanishildi. Mas’ullar tomonidan markazning qurilish jarayoni, yaratilgan shart-sharoitlar hamda loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.
♻️Ushbu markazning barpo etilishi mahallada istiqomat qiluvchi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni zamonaviy kasb-hunar va bilimlarga o‘qitish, yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
♻️O‘rganish jarayonida qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, markazni zarur jihozlar bilan ta’minlash hamda yoshlar uchun munosib sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
♻️Deputat va mas’ullar tomonidan loyiha ijrosini muntazam nazorat qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
♻️Eng muhimi, mazkur loyiha mahalla yoshlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, kelgusida munosib kasb egallashlari uchun muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.