🏛 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, “O‘zMTDP” partiyasidan 5-Paxtaobod saylov okrugidan saylangan deputat Axmedova Surayyo Mirpizalovna tomonidan “Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari”ni yuritish holati o‘rganildi.
📍 O‘rganish davomida “Paxtaobod” MFY “Yoshlik” ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning murojaatlari, takliflari va muammolari tinglandi hamda maxsus daftarga qayd etildi.
📝 O‘rganish jarayonida:
🔹 fuqarolarning murojaat va takliflari belgilangan tartibda qayd etildi;
🔹 aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilot va mas’ullarga murojaatlar tayyorlandi;
🔹 murojaatlar ijrosini ta’minlash va nazorat qilish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi;
🔹 hal etilgan masalalar bo‘yicha qaydlar yuritilib, natijalar tahlil qilinmoqda.
✅ Fuqarolar murojaatlarining ijrosi deputat nazoratiga olinib, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyatiga muntazam ma’lumot taqdim etib borilmoqda.
🤝 Aholi bilan ochiq muloqot — muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni amaliy hal etishning muhim omilidir!