35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Sessiya oldi o‘rganish jarayonlari davom etmoqda

Sessiya oldi o‘rganish jarayonlari davom etmoqda

❗️Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputatlik faoliyati doirasida navbatdagi sessiya oldidan tegishli masalalarni o‘rganish jarayonlari davom etmoqda.

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi M.Umarova hamkorligida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tumandagi markaziy ko‘chalar bo‘yida to‘planayotgan chiqindilarni olib chiqib ketish hamda hududlarni obodonlashtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tariflarni belgilash masalasi o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur xizmatlarning amaldagi holati, bajarilayotgan ishlar sifati, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish borasidagi mavjud muammolar hamda xizmatlar uchun tariflarni belgilash bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish natijalari kelgusida sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalarni har tomonlama ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3