35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#24_masala

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov tomonidan 24-Vorsin saylov okrugiga qarashli Beklar mahallasidagi “Sochaki Poyon” OShP binosida amalga oshirilgan rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.

Mazkur tibbiyot muassasasi 2 mlrd so‘m mablag‘ evaziga mukammal ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy talablar asosida qayta rekonstruksiya qilingan.

O‘rganish davomida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, muassasa faoliyati uchun zarur qo‘shimcha tibbiy uskuna va apparatlar bilan ta’minlash masalalari belgilab olindi. Obyektning ochilish marosimini Mustaqillik bayrami arafasida o‘tkazish rejalashtirildi.

Mahalla aholisi uchun yaratilayotgan bunday qulay sharoitlar fuqarolar tomonidan mamnuniyat bilan kutib olinmoqda.

Slide 1 of 3