35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

🏥 Aholi salomatligi – doimiy e'tiborda

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Q.Bobojonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Azimova tuman Ftiziatriya va pulmonologiya bolalar hamda o‘smirlar bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, davolanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar hamda sohani yanada takomillashtirish masalalari o‘rganildi.

Fuqarolarga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta'minlash, tibbiyot muassasalari faoliyatini doimiy nazorat qilib borish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 4