35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

24 tavsiya ijrosi amalda

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida amaliy ishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov “Sog‘lom avlod” MFYda yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda muammolarini hal etish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

Deputat tomonidan yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.