35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

24 tavsiya ijrosi amalda

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida amaliy ishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov “Iqbol” MFYda ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan ishlash, ularning ehtiyojlarini aniqlash va mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Deputat tomonidan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish va fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.