35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Kotib

“Obod mahalla” dasturi ijrosini o‘rganish va jamoatchilik nazoratini olib borishda siyosiy partiyalar, deputatlar hamda faollar mahallalardagi infratuzilma, obodonlashtirish va qurilish ishlarining sifatini bevosita ko‘zdan kechiradi, aholi muammolarini tinglaydi va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi.

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi “Turon” okrugi deputati, O‘zbekiston Milliy tiklanish partiyasi a’zosi Joxongir Gulamov “Turon” mahallasida amalga oshirilayotgan “Obod mahalla” dasturi doirasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Mahalladagi yangi bolalar maydonchalari, vorkaut komplekslari va aholi dam olishi uchun zamonaviy alleyalar barpo etilayotgan ishlarni ko‘rib chiqdi. Ayni paytda qurilish ishlari jadal davom etmoqda.

Shuningdek, ishlarni sifatli va belgilangan muddatda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

“Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunday ishlar aholi farovonligini oshirish, tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4