35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

AHOLI OSOYISHTALIGI VA JAMOAT XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Egamberdiyev Shaxzod Baxodir o‘g‘li tomonidan «Anorzor»mahallasi hududida jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

📝O‘rganish davomida hududdagi kriminogen vaziyat, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, shuningdek, xavf guruhiga kiruvchi fuqarolar bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

👉Shuningdek, jinoyatchilikning oldini olishda mahalla mas’ullari, profilaktika inspektorlari va tegishli tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, muammoli vaziyatlarni barvaqt aniqlash hamda aholining huquqiy madaniyatini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

📝Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish va hududda osoyishtalikni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Aholi osoyishtaligi va hudud xavfsizligi — doimiy deputatlik nazoratida.

Bizni kuzatishda davom eting!