35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari Avazbek Appaqov va Gulnoraxon Ismoilova Andijon shahridagi 31-umumta’lim maktabida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandilar.

Tashrif davomida maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, sinf xonalari, hududning obodonlashtirilishi hamda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktab mas’ullari bilan suhbatlashilib, mavjud masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish, tayyorgarlik ishlarini sifatli yakunlash va o‘quvchilar uchun qulay ta’lim muhitini yaratish yuzasidan fikr almashildi.

Deputatlar tomonidan tayyorgarlik jarayonlarini deputatlik nazorati asosida o‘rganib borish belgilab olindi.

Slide 1 of 4