35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Ustozlar ko‘chasida elektr tarmoqlari yangilanmoqda

 Ustozlar ko‘chasida elektr tarmoqlari yangilanmoqda


 

Oqbo‘yra MFYdagi Ustozlar ko‘chasining elektr ta’minoti tizimini yaxshilash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Ustozlar ko‘chasiga elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish uchun 52 dona 9 metrlik beton tayanch ustun ajratilgan. Ayni
kunlarda tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, mazkur beton tayanch ustunlarni o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlarning yakunlanishi natijasida ko‘chadagi elektr tarmoqlarining barqarorligi va xavfsizligi ta’minlanib, aholiga ko‘rsatilayotgan elektr ta’minoti xizmatlari sifati yanada yaxshilanishi kutilmoqda. 

   

Slide 1 of 4